Erdo‘g‘an: G‘azoda insoniyatga oid qadriyatlarning hammmasi oyoq osti bo‘ldi

Prezident Erdo‘g‘an, Xalqaro Strategik aloqa sammitiga (Stratcom Summit'23) yuborgan videomurojaatida, ishtirokchilarni Istanbulda mehmon qilishdan xursand ekanini bildirdi.

2068542
Erdo‘g‘an:  G‘azoda insoniyatga oid qadriyatlarning hammmasi oyoq osti bo‘ldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“G‘azoda 7 - oktabrdan beri insoniyatga oid qadriyatlarning hammmasi oyoq osti bo‘ldi. Katta vahshiylik va qatliomga qo‘l urildi”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan bu yil uchinchi marta uyushtirilgan Xalqaro Strategik aloqa sammitiga (Stratcom Summit'23) yuborgan videomurojaatida, ishtirokchilarni Istanbulda mehmon qilishdan xursand ekanini bildirdi.

Sammitning bu yil ta’riflab bolmas og‘ir davrda o‘tkazilganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, G‘azoda 7 - oktabrdan beri insoniyatga oid qadriyatlarning hammmasi oyoq osti bo‘lgani hamda katta vahshiylik va qatliomga qo‘l urilganini ta’kidladi.

Global tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdan mas’ul bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining bu jarayonda vazifasini bajara olmaganini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an,

“BMT Bosh Assambleyasida dunyoning 40 davlati betaraf, 121 davlati esa ijobiy tusda ovoz berar ekan, qabul qilingan qaror asosida insoniyatning mushtarak vijdonining aks ettirilishi mazmunli va muhim edi”. – dedi.  

G‘azo inqirozida bolalar o‘limi kabi ularni chuqur qayg‘uga solgan boshqa bir vaziyatning xalqaro media tashkilotlarining tarafdor munosabati ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, “Haqiqatni himoya qilgan barcha jurnalistlarni esa chin qalbimdan tabriklayman”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mavzu haqida shuningdek:

“Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazimiz orqali 100 dan ortiq qasddan yolgʻon xabar tarqatganlarni fosh qildik va ular tarqatgan xabarning to‘g‘risini o‘rtaga qo‘ydik. Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) bilan Anadoʻlu agentligimiz oʻz zimmasiga tushgan masʼuliyatni bajardi. Maydondagi vaziyat haqida birma – bir ma’lumot boʻlishgan turk matbuoti xodimlari, bu jarayonda haqiqatdan ham jasoratli munosabatda boʻldilar”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar