Erdoʻgʻan: G‘azodagi fojia yuzasidan insonlarning sabri qolmadi

Erdoʻgʻan, G - 20 Liderlar sammitiga video konferentsiya orqali ishtirok etdi.

2067790
Erdoʻgʻan: G‘azodagi fojia yuzasidan insonlarning sabri qolmadi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan,

“Falastinning bosib olingan hududlarida, xususan, G‘azoda sodir bo‘layotgan fojia yuzasidan insonlarning sabri qolmadi”. - dedi.

Erdoʻgʻan, G - 20 Liderlar sammitiga video konferentsiya orqali ishtirok etdi.

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya sifatida, tashkil etiluvchi yangi xavfsizlik xizmati doirasida boshqa davlatlar bilan birga kafillik ham doxil mas’uliyat olishga tayyor ekanliklarini qayd etdi. Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarini nazarda tutgan Prezident mavzu haqida:

“Qoʻlini vijdoniga qoʻygan har bir kishi qabul qilganidek, bu voqealarning hech qaysinini oʻzini - oʻzi himoya qilish huquqi bilan izohlab boʻlmaydi”. – dedi.

Shuningdek:

“Bu yerda ochiq – oydin urush jinoyatlari sodir etilib, insoniyatga qarshi jinoyatga qoʻl urilmoqda. (G - 20 liderlariga) Sizlarni muammoni ikki davlat asosida hal qilish mas’uliyatini oʻz zimmangizga olishga chaqiraman”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar