Hakan Fidan London va Parijga tashrif uyushtiradi

Hakan Fidan aloqa guruhi bilan G‘azodagi masalasi ustidan London va Parijga tashrif uyushtiradi.

2066998
Hakan Fidan London va Parijga tashrif uyushtiradi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, 11 - noyabr kuni Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va Arab Ligasi qo‘shma sammitida Turkiya yetakchiligida qabul qilingan qaror doirasida tuzilgan aloqa guruhi bilan G‘azo sektoridagi keskinlashib borayotgan taranglikni to‘xtatish masalasi ustidan London va Parijga tashrif uyushtiradi.

Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Indoneziya, Nigeriya va Falastin Tashqi Ishlar vazirlari hamda IHT Bosh kotibidan iborat delegatsiyaga dasturi tufayli 22 – noyabr kuni qoʻshiluvchi Fidanning, London va Parijda Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

IHT va Arab Ligasi qo‘shma sammitida Turkiya sa’y – harakati bilan tashkil etilgan va Rossiyada uchrashuvlar o‘tkazuvchi delegatsiya kecha avvalom bor Xitoyda bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ko‘pchiligi yosh bola jami 13 ming nafardan ortiq falastinlik hayotdan ko‘z yumdi.



Aloqador xabarlar