Fidan: Mintaqa davlatlarining Isroilga bir ovozdan monelik qilishi muhim

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiya Buyuk Millat Majlisi rejalashtirish va byudjet komissiyasida bayonot berdi.

2066522
Fidan: Mintaqa davlatlarining Isroilga bir ovozdan monelik qilishi muhim

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan,

“Gʻazoga qarshi uyushtirilgan hujumlarni toʻxtatish uchun mintaqa davlatlarining Isroilga bir ovozdan monelik qilishi muhim”. – dedi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Turkiya Buyuk Millat Majlisi rejalashtirish va byudjet komissiyasida bergan bayonotida:

“Isroil hujumlarida hozirgacha taxminan 12 ming falastinlik hayotdan koʻz yumdi. Biz hech qanday sharoitda jome’ masjidlarining bombalanishini qabul qilmaymiz. Doimiy tinchlik uchun birgalikda harakat qilishda qarorimiz qat’iydir. Gʻazoga qarshi uyushtirilgan hujumlarni toʻxtatish uchun mintaqa davlatlarining Isroilga bir ovozdan monelik qilishi alohida oʻringa ega. Muammoni hal qilishning yagona yoʻli, 1967 – yilgi chegarada Falastin davlatining tashkil etilishidir”. – dedi.

Mintaqada Isroil hujumlari boshlangan 7-oktabrdan buyon 11 ta samolyot orqali Gʻazo uchun Misrga yordam ashyosi yetkazib berilganiga e’tibor qaratgan Hakan Fidan, 983 nafar fuqaroni evakuatsiya qilish ishlari davom etgani, 170 nafar Turk fuqarosini Gʻazodan olib chiqish ishlari tamomlanganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Gʻazo , #Hakan Fidan , #mintaqa davlatlari , #Isroil

Aloqador xabarlar