Prezident Erdo’g’an Saudiya Arabistonda o’tkazilgan 8-Favqulodda Islom sammitda so’zladi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Isroilning G'azoga qilgan hujumlari haqida, Kasalxonalar, maktablar va qochqinlar lagerlari bombardimon qilinib, tinch aholi qirg’in qilinayotgan tarixda misli ko’rilmagan vahshiylik bilan yuzma-yuz keldik”. dedi.

2063317
Prezident Erdo’g’an Saudiya Arabistonda o’tkazilgan 8-Favqulodda Islom sammitda so’zladi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Isroilning G'azoga qilgan hujumlari haqida,

Kasalxonalar, maktablar va qochqinlar lagerlari bombardimon qilinib, tinch aholi qirg’in qilinayotgan tarixda misli ko’rilmagan vahshiylik bilan yuzma-yuz keldik”. dedi.

Erdo’g’an Saudiya Arabistonining poytaxti Riyodda o’tkazilgan “8-Favqulodda Islom sammiti”da so’zladi.

Prezident Erdog'an,

“Har doim inson huquqlari va erkinliklari haqida gapiradigan G’arb davlatlarining Falastinda davom etayotgan qirg’inlar qarshisida jim turishi uyat. Kasalxonalar, maktablar va qochqinlar lagerlari bombardimon qilinib, tinch aholi qirg‘in qilinayotgan tarixda misli ko‘rilmagan vahshiylik bilan yuzma-yuz turibmiz.

“Zulm qarshisida sukut saqlaydiganlar ham zolimlar kabi qon to’kilishiga sherikdir.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an,

“Yoqilg‘ini favqulodda ehtiyojmand joylarga, ayniqsa shifoxonalarga yetkazib berish juda muhim.

“Biz Islom hamkorlik tashkiloti doirasida G’azoni qayta tiklash uchun jamg’arma tashkil etilishi kerak, deb hisoblaymiz.

Prezident Erdo’g’an, “Falastin muammosi e’tibordan chetda qolar ekan, mintaqadagi normallashtirish harakatlari muvaffaqiyatsizlikka (natijasiz qolmoqda) mahkumdir.

  “Biz oʻrnatiladigan tinchlikni saqlash uchun, jumladan, kafil sifatida zarur saʼy-harakatlarni qilishga tayyormiz”, — dedi u.

Prezident Erdo'g'an, "Quddus bizning qizil chiziqimiz. Tinchlik shahri deb atalgan Quddus va butun Falastin yerlarining avvalgi kunlariga qaytishini tilagimizdir" dedi.

“G‘arbning buzilgan bolasidek harakat qilayotgan Isroil ma’muriyati yetkazgan zararni qoplashga majbur.

 “Mavjudligi Isroil vazirlari tomonidan tan olingan yadroviy qurollar tekshirilishi kerak, xalqaro nazoratdan chiqib ketganlar boʻlsa, ular oshkor etilishi kerak”, - dedi u.



Aloqador xabarlar