Saraton kasalligiga chalingan falastinlik bolalar Turkiyaga olib kelinadi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra Isroil hujumlarida 10 ming 569 nafar falastinlik tinch aholi o‘ldirildi. Ulardan 4 ming 324 nafar yosh bola.

2062417
Saraton kasalligiga chalingan falastinlik bolalar Turkiyaga olib kelinadi

Saraton kasalligiga chalingan falastinlik bolalar Turkiyaga olib kelinadi.

Sog‘liqni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi nutqida, falastinlik saraton kasalligiga chalingan va davolanish jarayoni yarim qolgan bolalarning Turkiyaga olib kelinishini qayd etdi.

Bu borada Isroil Sog‘liqni Saqlash vaziri bilan uchrashganini ifoda etgan Faxrettin Koja, har qanday zo‘ravonlik qabul qilinishi imkonsiz noto‘g‘ri harakat ekanini ham isroillik hamkasbiga ochiq - oydin bayon etganini bildirdi.

Tibbiy xizmatlarni davom ettira olmaslik tushuntirib bo‘lmaydigan darajada noto‘g‘ri harakat ekani borasida hamfikr ekanliklariga ham e’tibor qaratgan Ko‘ja, “Turkiya - Falastin do‘stlik shifoxonasi G‘azoda saraton kasalligiga chalingan bemorlarni davolagan yagona shifoxona ekani ammo uning bugungi kunda xizmat bera olmaydigan holga kelganini ifoda etdim”. – deya gapirdi.

Begunoh bolalarni davolash ishlari davom etishi mas’uliyatini yodga solgan Ko‘ja, o‘z so‘zida:

“Bemorlarni, ayniqsa bolalarni tez yordam mashinalari bilan Misrga, u yerdan esa samolyot tezyordam xizmati orqali Turkiyaga olib kelib, davolashga tayyor ekanimizni yetkazdim. Eng qisqa vaqtda saraton kasalligiga chalingan bolalarni Turkiyaga olib kela boshlaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Faxrettin Ko‘ja shuningdek bugun yo‘lga chiqishi kutilayotgan kema orqali mintaqaga dori - darmon, tibbiy asbob - uskunalar, 8 ta dala kasalxonasi, 20 ta tez yordam mashinasi va tibbiy vositalarni ishlatishda foydalaniluvchi ashyolar doxil taxminan 500 tonna yordam uskunasini yetkazib berishlarini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar