TBMM Isroilni qo‘llab - quvvatlagan firmalarning mahsulotlarini boykot qildi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM), Isroilni qo‘llab - quvvatlagan firmalarning mahsulotlari haqida qaror qabul qildi.

2061397
TBMM Isroilni qo‘llab - quvvatlagan firmalarning mahsulotlarini boykot qildi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) binosidagi restoran, bufet va choyxonalarda Isroilni qo‘llab - quvvatlagan firmalarning mahsulotlari sotilmasligi haqida qaror qabul qilindi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbarligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, G‘azoda begunoh insonlarni qirg‘in qilgan Isroilning urush jinoyatlarini ochiq – oydin qo‘llab - quvvatlaganliklarini e’lon qilgan firmalarning mahsulot va tovarlarini boykot qilish maqsadida ijtimoiy xabardorlikni qo‘llab – quvvatlash haqida qaror qabul qilingani ta’kidlandi.

Bayonotda, TBMM raisi Numan Kurtulmushning ko‘rsatmasi bilan Isroilning G‘azodagi qatliom jinoyatini qo‘llab - quvvatlagan firmalarning mahsulotlari, majlis shaharchasi va muassasalaridagi restoran, bufet va choyxonalarda sotilmasligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Isroil tomonidan G‘azoga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 10 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.



Aloqador xabarlar