G‘azodagi urushni to‘xtatish sa’y – harakatlari davom etmoqda

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Misr va Iordaniya Tashqi Ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

2060514
G‘azodagi urushni to‘xtatish sa’y – harakatlari davom etmoqda

G‘azodagi fojiani to‘xtatish maqsadida Turkiya tomonidan olib borilgan sa’y – harakatlar davom etmoqda.

Diplomatik manbalardan mavzu haqida olingan ma’lumotlarga ko‘ra Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Misr va Iordaniya Tashqi Ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Misr Tashqi Ishlar vaziri Samih Shukriy va Iordaniya Tashqi Ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan telefon orqali alohida – alohida yo‘lga qo‘yilgan muloqotda, G‘azoda tinch aholini nishonga olgan hujumlarni bas qilish va zudlik bilan o‘q uzishni to‘xtatish uchun nimalar qilinishi mumkinligi ustidan fikr almashilgani bildirildi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidanning, misrlik kasbdoshi Shukriy bilan G‘azoga uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazib berish borasidagi sa’y - harakatlarni muhokama qilgani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari 7 – oktabr, haftaning shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar