Turkiya Ozarbayjonning Armaniston ustidan g‘alabasi bilan faxrlanadi

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonada bo‘lib o‘tgan 10-sammitidagi nutqida so‘z ochdi.

2060098
Turkiya Ozarbayjonning Armaniston ustidan g‘alabasi bilan faxrlanadi

 

Turkiya Ozarbayjonning Armaniston ustidan g‘alabasi va Qorabog‘da 30 yildan so‘ng tarixiy adolat tiklanganidan g‘ururlanadi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonada bo‘lib o‘tgan 10-sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

Uning qayd etishicha, global muammolarga qarshi kurashda eng muhim kuch Turkiy dunyoning birligi, hamjihatligigi va birdamligidir.

“Bu haqiqatni so‘nggi paytlarda duch kelgan ko‘plab voqealarda ko‘rdik va ko‘rishda davom etyapmiz. Vatan urushidan keyin jon Ozarbayjon Qorabog‘da 30 yildan beri davom etgan ishg‘olga barham berdi. Ushbu tarixiy yutuqdan biz katta faxr va iftixor hissini tuyamiz. Shunday tariqa, mintaqamiz doimiy tinchlikka bir qadam yaqinlashdi”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbariga ko‘ra, ochilgan imkoniyatlar derazasidan unumli foydalanish Turkiya va Turkiy dunyoning eng katta orzusidir.

U, shuningdek, Armanistonni Ozarbayjon va xalqarro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. 

“Armanistonning Ozarbayjon oldidagi majburiyatlarini bajarishi muhim. Naxchivanni Ozarbayjonning g‘arbiy viloyatlari bilan bog‘laydigan transport liniyasini amalga oshirish ham katta ahamiyatga ega. Yo‘lning ochilishi mintaqadagi barcha davlatlarning farovonligiga katta hissa qo‘shadi va Turkiyani ham ota-bobolarimiz vatani Markaziy Osiyo bilan bog‘laydi. Turkiy dunyo o‘laroq bu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun Ozarbayjonga yordamimizni davom ettirishimiz kerak”, deydi u. 

Eslatish joizki, ushbu sammitda nutq so‘zlagan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat Armaniston ustidan qanday g‘alaba qozongani va uch yil ichida Qorabog‘ni qanday egallaganini aytib bergandi. Qolaversa, u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Fuzuliyda maktab qurishda ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga yuzlanib, Ozarbayjonni tarixiy adolat va mamlakatning hududiy yaxlitligi tiklangani bilan tabrikladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ostona , #TDT , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar