Ostonada TDT sammiti doirasida 12 ta hujjat imzolandi

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar rahbarlari Ostonadagi sammitda 12 ta hujjat, jumladan, Ostona akti va deklaratsiyasini imzoladi.

2060049
Ostonada TDT sammiti doirasida 12 ta hujjat imzolandi

 

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar rahbarlari Ostonadagi sammitda 12 ta hujjat, jumladan, Ostona akti va deklaratsiyasini imzoladi.

Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning matbuot xizmati xabar berdi. 

“TDTning o‘ninchi sammiti doirasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati: Ostona akti; Turkiy davlatlar tashkilotining 10-sammiti deklaratsiyasi;  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Turkiy dunyo oliy ordeni” bilan taqdirlash to‘g‘risidagi davlat rahbarlarining qarori”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, sammit yakunlari bo‘yicha:

•    Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga TDTda kuzatuvchi maqomi berish to‘g‘risida qaror;

•    davlat rahbarlarining Turkiy dunyo moliya markazlari maqomini berish to‘g‘risidagi qarori; 

•    Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘ini qabul qilish to‘g‘risidagi qaror; 

•    davlat rahbarlarining tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari; 

•    6 fevral kunini Turkiy Davlatlar Tashkilotining Tabiiy ofat qurbonlarini xotirlash va birdamlik kuni deb tasdiqlash to‘g‘risida qaror;

•    TDT kotibiyati byudjetini boshqarish qoidalari to‘g‘risidagi qaror; 

•    TDTning doimiy vakillari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarorni imzoladilar. 

Tashkilot mamlakatlari rahbarlari, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning tegishli muassasalari o‘rtasida metrologiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bayonnomani va TDTning 2023-2027 yilga mo‘ljallangan transport kommunikatsiyalari dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini imzoladilar.  


Tanlangan kalimalar: #Ostona , #Erdo'g'an , #TDT

Aloqador xabarlar