Erdo’g’an Ostonada Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

Turkiy Davlatlar Tashkilotining 10-Sammiti doirasida bo'lib o'tgan Uuchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

2059780
Erdo’g’an Ostonada Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo’g’an Turkiy Davlatlar Tashkilotining 10-Sammiti bo'lib o'tadigan Ostona shahrida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, bugun 3-noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 10-sammiti boshlanadi. Ushbu tadbir “Turkiy davr” shiori ostida o‘tkaziladi.

Sammitda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan birga Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Sammitga kuzatuvchi davlatlar rahbarlari sifatida Turkmaniston Xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban taklif etilgan.

Qayd etilishicha, sammitda Ostona akti va Ostona deklarasiyasi imzolanishi, iqtisod, savdo, transport, bojxona, moliya, ta’lim, turizm, madaniyat va hokazo sohalarda bir qator muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Erdo'g'an , #Ostona

Aloqador xabarlar