Prezident Erdo‘g‘an Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 2 - 3 noyabr kunlari Qozog‘istonda bo‘ladi.

2059386
Prezident Erdo‘g‘an Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Turkiy Davlatlar Tashkilotining X sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jon‘ab ketdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an, 2 - 3 noyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostonada “Turk davri” mavzusida o‘tkaziladigan sammitga ishtirok etadi.

Tashkilotga raislik qilish navbati O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tkazib beriluvchi sammitda liderlar, tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y - harakatlarni muhokama qiladi.

Liderlar 3 - noyabr kungi yig‘ilishda, dolzarb global va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashadi. Xuddi shu kuni Prezident Erdo‘g‘an sammit ishtirokchilarga xitob etar ekan, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham kutilmoqda.



Aloqador xabarlar