Erdo'g'an Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etadi

Ertaga, 3 noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mezbonligida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining Sammiti bo‘lib o‘tadi.

2059508
Erdo'g'an Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etadi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.

Bu haqda mamlakatning bosh axborot agentligi “Anadolu” xabar berdi. 

Davlat rahbarini Anqaradagi Esenbog‘a aeroportida vitse-prezident Jevdet Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qolgan.  

Safarda Turkiya rahbariga Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Baqroqdor, Savdo vaziri O'mer Bolat, TDT Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Milliy razvedka boshqarmasi Ibrohim Kalin va Prezident ma’muriyati qoshidagi Aloqa byurosi rahbari Faxriddin Altun hamrohlik qilmoqda. 

Odatda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘tadigan tadbirlarda Erdo‘g‘anga rafiqasi Emiina Erdo‘g‘an hamrohlik qilardi. O‘tgan yili 10-11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ham Prezident rafiqasi bilan qatnashgan edi. Biroq galdagi tashrifga Emina xonim hamrohik qilmayapti. 

Eslatish joizki, ertaga, 3 noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mezbonligida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining Sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilotga davriy raislik O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tadi. 

Sammitda Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlari – Ilhom Aliyev, Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, TDT kuzatuvchilari davlat va hukumat rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #TDT , #Turkiya

Aloqador xabarlar