TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji ABU rahbari etib tayinlandi

Kecha 31-oktyabr kuni Seul shahrida Janubiy Koreya Teleradiokompaniyasi (KBS) mezbonligida Osiyo-Tinch okeani radioeshittirishlar ittifoqining (ABU) 60-Bosh assambleyasi anjumani boʻlib oʻtdi.

2059043
TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji ABU rahbari etib tayinlandi

 

Turkiya Teleradio korporatsiyasi TRT bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji Osiyo Tinch okeani radioeshittirishlar ittifoqi (ABU) rahbari etib saylandi.

Avval xabar berilganidek, kecha 31-oktyabr kuni Seul shahrida Janubiy Koreya Teleradiokompaniyasi (KBS) mezbonligida Osiyo-Tinch okeani radioeshittirishlar ittifoqining (ABU) 60-Bosh assambleyasi anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji 3 yil muddatga ABU prezidenti etib saylandi.

Zohid Sobaji dunyodagi eng yirik radioeshittirishlar ittifoqi ABU rahbari etib saylangani, Turkiyani har sohada yetakchi davlatga aylantirish maqsadi yo'lida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Uning aytishicha, ABU raisligining Turkiyaga taqdim etilishi mamlakat taraqqiyoti yo'lida muhim qadam sifatida baholanadi.

"ABU Raisligi Respublikaning 100 yilligiga to'g'ri kelishi biz uchun juda quvonarli bo'ldi. Turk xalqi qanday bo'lmasin, kurashidan aslo voz kechmadi va o'z maqsadi sari hamisha olg'a qadam tashladi. Shunday ekan, dunyoning eng yirik teleradioeshittirishlar ittifoqi taqdim etayotgan imkoniyat va salohiyatni shu maqsadlarga safarbar qilgan holda, bu jarayonni yanada kuchliroq amalga oshirishimiz mumkin, deb o‘ylayman”, dedi TRT bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji.


Tanlangan kalimalar: #TRT , #ABU

Aloqador xabarlar