Jevdet Yilmaz Robert Habek va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi

Jevdet Yilmaz bugun TBMMda Robert Habek va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi.

2056456
Jevdet Yilmaz Robert Habek va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Habek va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisida boʻlib oʻtgan qabulda Turkiya va Germaniya oʻrtasidagi savdo hajmini oshirish, yaqin muloqot va oʻzaro tashriflar bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlash, mudofaa sanoati, raqamli va yashil transformatsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlari va muzokara jarayonini jonlantirish, viza rejimini yengillashtirish, Bojxona ittifoqini qayta ko‘rib chiqish masalasida yaqin hamkorlik ichida ish olib borish zarurligi ifoda etilgan qabulda, mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyat ham baholandi.



Aloqador xabarlar