Turkiya G‘azo uchun yana insonparvarlik yordami yubordi

Turkiya G‘azo uchun yana ikkita samolyot orqali insonparvarlik yordami yubordi.

2054981
Turkiya G‘azo uchun yana insonparvarlik yordami yubordi

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV), G‘azo uchun yordam ashyolari tashigan Harbiy - havo kuchlariga oid yana ikkita samolyotning Misrga jo‘natilganini ma’lum qildi.

Milli Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“G‘azo uchun tayyorlangan yordam ashyolarini Misrga yetkazib berishni davom etmoqdamiz. Kechagi faoliyat ortidan bugun ertalab 06:00 va 07:30 da ham Harbiy - havo kuchlarimizga oid yana ikkita samolyot yordam ashyolarini yetkazib berish uchun Anqaradan Misrga yo‘l oldi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Shu bilan birga, G‘azoga yordam berish uchun ketgan shifokorlar bilan tibbiy markaz yetakchilari orasida o‘rin olgan Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Tashqi aloqalar va  Yevropa ittifoqi bosh direktori Selami Kilich, jarohat olgan g‘azoliklarga yordam berish doirasida Turkiya tomonidan mintaqada ikkita dala kasalxonasi tashkil etilishini bildirdi.

Selami Kilich Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan boshqa xalqaro tashkilotlarning talablari hali hanuz bajarilmagani, shu bois ham faqat Turkiya guruhining yordam yetkazib berganini o‘z so‘ziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #G‘azo , #Harbiy - havo kuchlari

Aloqador xabarlar