Bayraktar G‘azoga 280 mln liralik gumanitar yordam yubormoqchi

Erdo‘g‘anning kuyovi, uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaruvchi “Baykar” kompaniyasi direktori Selchuk Bayraktar G‘azo xalqi uchun 280 million liralik insonparvarlik yordamini berishga tayyor ekanini aytdi.

2054383
Bayraktar G‘azoga 280 mln liralik gumanitar yordam yubormoqchi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning kuyovi, uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaruvchi “Baykar” kompaniyasi direktori Selchuk Bayraktar G‘azoda ro‘y berayotgan voqealar yuzasidan xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, ularni zudlik bilan tinchlikni ta’minlashga chaqirdi.

U videomurojaatini Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi.

“G‘azoda insoniyat tarixidagi eng og‘ir fojia sodir bo‘lmoqda. Isroil begunoh, tinch aholini, jumladan, ayollar va bolalarni qirg‘in qilmoqda. U shifoxonalar, maktablar va ibodatxonalarni bombardimon qilish orqali urush jinoyatlarini sodir etyapti. Bu faqat ikkiyuzlamachilik – genotsidga qarshi kurashganini da’vo qilganlar, bugun o‘zlari genotsidni amalga oshirib, qo‘llarini qonga botiryapti”, deydi Selchuk Bayraktar.

Shuningdek, u xalqaro hamjamiyat chora ko‘rishi, zudlik bilan tinchlik va adolat o‘rnatilishi kerakligini ta’kidlagan. Tadbirkor o‘ziga tegishli “Baykar” kompaniyasi G‘azo xalqi uchun 280 million liralik insonparvarlik yordamini berishga tayyor ekanini bildirgan.

“Biz butun insoniyatni G‘azodagi qirg‘inlarni to‘xtatish uchun harakat qilishga chaqiramiz. Sukut saqlash bu qirg‘inlarga sherik bo‘lishdir”, deya xulosa qiladi “Baykar” rahbari.


Tanlangan kalimalar: #Selchuk Bayraktar , #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar