Prezident Erdo'g'an kecha Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali uchrashdi

Prezidentlik aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Isroil-Falastin mojarosida tobora og'irlashib borayotgan vaziyat muhokama qilindi.

2053886
Prezident Erdo'g'an kecha Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali  uchrashdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an kecha Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali gaplashdi.

Prezidentlik aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Isroil-Falastin mojarosida tobora og'irlashib borayotgan vaziyat muhokama qilindi.

Isroilning G'azoda begunoh tinch aholiga nisbatan sodir etgan inson huquqlari poymollari va yechim uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Prezident Erdo’g’an, Falastin yerlariga nisbatan vahshiylik asta-sekin chuqurlashib borayotganini ta’kidladi.

G'arb davlatlarining shifoxonalar, maktablar va ibodatxonalarning bombardimon qilinishiga nisbatan jim turishi G'azodagi yong'inni kuchaytirganini bildirdi.

G'azodagi falastinliklarning o'z vatanlaridan ko'chib o'tishga majbur bo'lishining qabul qilinishi mumkin emasligini ta'kidlagan Prezident Erdo'g'an,

Turkiya tinchlikni ta'minlash, G'azoga insonparvarlik yordami va sog'liqni saqlash xizmatlarini imkon qadar tezroq yetkazish uchun barcha sa'y-harakatlarni davom ettirishini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar