Hakan Fidan Livan va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

Turkiya hukumati Isroilning Falastin xalqiga nisbatan zo'ravonligini to'xtatish uchun diplomatik faoliyatini davom ettirmoqda.

2051801
Hakan Fidan Livan va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

 

Turkiya hukumati Isroilning Falastin xalqiga nisbatan zo'ravonligini to'xtatish uchun diplomatik faoliyatini davom ettirmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Livan tashqi ishlar vaziri Abdulloh Buhabibning taklifiga binoan mamlakatga tashrif buyuradi.

Tashrif munosabati bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Livan munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va global o'zgarishlar, jumladan Isroil-Falastin ziddiyatini to'xtatish bo'yicha fikr almashiladi.

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Livanga tashrifini yakunlab, Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi.

U poytaxt Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkilotining ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Yig'ilishda Isroilning G'azodagi Falastin aholisini nishonga olgan harbiy harakatlariga qarshi Islom Hamkorlik Tashkiloti tomonidan tashlanishi mumkin bo'lgan aniq qadamlar muhokama qilinadi va tashkilotga a'zo davlatlarning mushtarak pozitsiya belgilashiga urg'u beriladi.

Hakan Fidan bundan avval Isroilning Falastindagi zo'ravonliklarini to'xtatish maqsadida Misrga tashrif buyurgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil , #Turkiya , #Livan , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar