Erdo‘g‘an Jahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan videomurojaat yo'lladi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Turkiya tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan birgalikda Qora dengiz tashabbusi orqali jahon bozorlariga 33 million tonna don mahsuloti joʻnatishini taʼminlab global ochlik inqirozi xavfining oldi olingan

2051522
Erdo‘g‘an Jahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan videomurojaat yo'lladi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an,

Turkiya tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan birgalikda Qora dengiz tashabbusi orqali jahon bozorlariga 33 million tonna don mahsuloti joʻnatishini taʼminlab global ochlik inqirozi xavfining oldi olingan.

Prezident Erdo’g'an, Qishloq va o'rmon xo'jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida Istanbulda uyushtirilgan 2023 yil Jahon oziq-ovqat kuni dasturiga videomurojaat yubordi.

Bu yilgi tadbir “Suv – hayot, suv – rizq, hech kimni ortda qoldirmang” deb nomlangan. mavzusida tashkil etilganligini bildirgan ushbu muhim mavzu ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar hayot manbai bo‘lgan suv haqidagi bilimlarni yanada oshirishiga ishonishini aytdi.

Turkiyaning suv resurslaridan eng samarali foydalanishga intilayotganini tilga olgan Erdog’an:

– Hukumat sifatida so‘nggi 21 yilda mamlakatimiz suv va oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlaydigan ko‘plab muhim loyihalarni amalga oshirdik dedi.

Prezident Erdo’g’an, BMT Barqaror Taraqqiyot Maqsadlarining eng muhim mavzularidan biri bo’lgan “2030-yilda nol ochlik” yondashuvidan insoniyat bosqichma-bosqich uzoqlashayotganiga diqqat qaratdi.

"Dunyodagi har 9 kishidan 1 nafari ochlik bilan kurashmoqda. Ammo dunyo boʻylab har yili 4-5 milliard tonna oziq-ovqat ishlab chiqariladi.

  Bu miqdor 2050 yil uchun bashorat qilingan dunyo aholisi uchun yetarli deb hisoblansa-da, afsuski, bugungi dunyo aholisi uchun yetarli emas.

  Chunki dunyo bo‘ylab har soniyada ishlab chiqarilayotgan 127 tonna oziq-ovqatning 21 tonnasi isrof bo‘lmoqda”.

Erdog'an, Turkiya joylashgan mintaqada so'nggi paytlarda sodir bo'lgan urush va to'qnashuvlar oziq-ovqat inqirozini chuqurlashtirganini aytib, shunday dedi:

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda boshlagan Qora dengiz tashabbusi bilan 33 million tonna don mahsulotining jahon bozorlariga joʻnatilishini taʼminlab, global ochlik inqirozi xavfining oldini oldik.

  “Biz ochlik xavfi ostida boʻlgan hududlarning, ayniqsa Afrikaning ogʻirini yengillashtirish boʻyicha saʼy-harakatlarimizni davom ettiramiz”, dedi u.

Prezident,

Ertadan emas, bugundan, 16-oktabr – Butunjahon oziq-ovqat kunidan boshlaylik, oziq-ovqatimizni asraylik va oziq-ovqat isrofgarchiligiga chek qo‘yaylik deya chaqirdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar