Turkiya Liviyaga yana insonparvarlik yordami yuburdi

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish yetakchiligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Liviyaga yetkazib berish maqsadida yana 850 tonna yordam ashyosi Izmirdagi Alsanjak portidan yoʻlga chiqdi.

2051084
Turkiya Liviyaga yana insonparvarlik yordami yuburdi

Turkiyadan Liviyaga yana 850 tonna insonparvarlik yordami yuborildi.

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish yetakchiligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Liviyaga yetkazib berish maqsadida yana 850 tonna yordam ashyosi Izmirdagi Alsanjak portidan yoʻlga chiqdi.

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish yetakchiligi tomonidan berilgan bayonotda, 10 - sentabr kuni katta falokatni boshdan kechirgan liviyaliklarning dardiga darmon va umidsizlik ortidagi umid boʻlishga davom etilyotgani ifoda etildi.

Bayonotda shuningdek:

“Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish yetakchiligi koordinatsiyasida tashkil etilgan yaxshilik koʻprigi orqali Liviyaga bugungacha 4 ta samolyot, 5 ta kema orqali qidiruv - qutqaruv va tibbiy xodimlar hamda koʻplab insonparvarlik yordam ashyolari yetkazib berdik. Bugun yana Liviyaga yetkazib berish maqsadida 850 tonna gumanitar yordam ashyosi yetkazib berish maqsadida Izmirning Alsanjak portidan yoʻlga chiqildi”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Liviyaning sharqida 10 – sentabr kuni sodir boʻlgan suv toshqinida 4 ming 333 kishi halok boʻlganini ma’lum qilgandi.

 



Aloqador xabarlar