Tanju Bilgich AQShning Turkiya haqidagi iddaolariga munosabat bildirdi

“"Tinchlik bulog'i" operatsiyasi PKK/YPG va DEASHning terroristik faoliyatlariga zarba berib, ularni Turkiya chegaralaridan uzoqlashtirishni ko’zda tutgan. Qolaversa, bu operatsiya Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilishga hissa qo'shmoqda”,-dedi u.

2050511
Tanju Bilgich AQShning Turkiya haqidagi iddaolariga munosabat bildirdi

 

Turkiyaning Suriya shimolida amalga oshirayotgan “Tinchlik bulog’i” operatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha qarori asosida olib borilmoqda. Ushbu operatsiya mintaqada tinchlik va barqarorlik muhitini ta’minlashni ko’zda tutadi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgich ma’lum qildi.

U Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan 2019 yildan beri Suriya kontekstida "milliy favqulodda holat" yuzasidan qabul qilingan prezident farmoni haqidagi savolga javob berdi.

“"Tinchlik bulog'i" nomli harbiy operatsiya terror tashkilotlari PKK/YPG va DEASHning terroristik faoliyatlariga zarba berib, ularni Turkiya chegaralaridan uzoqlashtirishni ko’zda tutgan. Qolaversa, bu operatsiya Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilishga hissa qo'shmoqda”,-deydi Tanju Bilgich.

U shuningdek, AQSh prezidenti tomonidan qabul qilingan farmonda asossiz ayblovlarga duch kelgan “Tinchlik bulog'i” operatsiyasi asosan, BMT Nizomining 51-moddasi va BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlaridan kelib chiqqan holda, o'zini himoya qilish huquqiga muvofiq amalga oshirilganligini bildirdi.

"AQSh bir tomonlama bunday harakatlar qilish o'rniga, Turkiyaning Suriyani barqarorlashtiradigan va bu davlatning yaxlitligini birinchi o'ringa qo'yadigan siyosatlarini to’g’ri tushunishi va qo'llab-quvvatlashi ikki ittifoqdoshning chuqur ildiz otgan munosabatlariga ko'proq mos keladi. Shu doirada biz Qo’shma Shtatlardan bo’lginchi terror tashkiloti bilan aloqalarini to’xtatib, 2019-yil 17-oktyabrdagi qo’shma bayonot qoidalarini bajarishini kutamiz”,-dedi u

Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotga ko'ra, AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressni Suriyadagi o‘zgarishlar va AQSh milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga “noodatiy va favqulodda” tahdid bilan kurashish maqsadida 2019-yil 14-oktabrda e’lon qilgan prezident farmonining amal qilish muddatini uzaytirishini ma’lum qilgandi.

Bayden, “ayniqsa, Turkiya hukumatining Suriya shimoli-sharqidagi harbiy harakatlar uchun tashlagan qadamlari mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishini hamda DEAShga qarshi kurashni zaiflashtirish va Suriyadagi va unga tegishli vaziyat "AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga noodatiy va favqulodda tahdid" ekanini ilgari surgandi.

Shu sababli Bayden 2023-yil 14-oktyabrda tugaydigan favqulodda holat rejimini yana bir yilga uzaytirishga qaror qilganini qayd etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Tinchlik bulog’i , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar