Hakan Fidan BAA TIV rahbari Al Nahayon bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Isroil va Falastindagi so'nggi o'zgarishlar, shuningdek G'azodagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.

2050394
Hakan Fidan BAA TIV rahbari Al Nahayon bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulloh bin Zayed Al Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, suhbat chog'ida Isroil va Falastindagi so'nggi o'zgarishlar, shuningdek G'azodagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e'lon qildi.

Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 200 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isroil , #BAA , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar