Avstriya kansleri Karl Nehammer Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Tashrif doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Avstriya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

2048654
Avstriya kansleri Karl Nehammer Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

Avstriya Respublikasi kansleri Karl Nehammer Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan amalga oshirilayotgan ushbu tashrif 9-10 oktyabr kunlarini o'z ichiga olgan.

Tashrif doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Avstriya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Karl Nehammer , #Avstriya

Aloqador xabarlar