Erdo‘g‘anning Isroil - Falastin muammosi haqidagi so‘zlari jahon matbuotida keng o‘rin oldi

Prezident Erdo‘g‘an kecha Falastin – Isroil to‘qnashuviga to‘xtalib, avj olib borayotgan taranglikka monelik qilish uchun Turkiya sifatida qo‘lidan kelganini qilishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.

2048356
Erdo‘g‘anning Isroil - Falastin muammosi haqidagi so‘zlari jahon matbuotida keng o‘rin oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Isroil - Falastin to‘qnashuvining to‘xtatilishi haqidagi so‘zlari jahon matbuotida keng o‘rin oldi.

Prezident Erdo‘g‘an kecha Falastin – Isroil to‘qnashuviga to‘xtalib, avj olib borayotgan taranglikka monelik qilish uchun Turkiya sifatida qo‘lidan kelganini qilishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.

Falastin masalasining xalqaro huquq asosida hal qilinishi kerakligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Olovni avj oldirishning hech kimga, hech qanday foydasi yo‘q. Ayniqsa, ikki tomondagi tinch aholiga”. – dedi.

Erdo‘g‘anning bu chaqirig‘i jahon matbuotida keng o‘rin oldi.

Britaniyaning “The Sunday Times” gazetasi Erdo‘g‘anning chaqirig‘ini: “Turkiya keskinlikni kamaytirishni taklif qildi”, - degan sarlavha bilan e’lon qildi.

Unda, Prezident Erdo‘g‘anning Isroil va Xamasni “tinchlikni qo‘llab – quvvatlashga va tinch aholiga ziyon yetkazmaslikka” chaqirgani ta’kidlandi.

Xabarda, “Ham Isroil ham da musulmon olami uchun alohida o‘ringa ega bo‘lgan kamdan kam davlatdan biri bo‘lgan Turkiya, to‘qnashuvni bostirish uchun yordam berishni taklif qildi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Erdo‘g‘anning mintaqadagi taranglikni kamaytirish chaqirig‘i Germaniya matbuotida ham qo‘lga olindi.

“Frankfurter Allgemeine” gazetasi Erdo‘g‘anning, “Barcha tomonlarni vazminlik bilan harakat qilishga va keskinlikni kuchaytiruvchi qadamlardan uzoq turishga chaqiramiz”, - degan so‘zlariga e’tibor qaratildi.

Germaniyaning “NTV” telekanali esa internet sahifasidagi xabarda Prezidentning bayonotini, “Erdo‘g‘an Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish shartlarini ma’lum qildi”. – degan sarlavha bilan bo‘lishdi.

Gretsiyaning “Afina” axborot agentligi, “Erdo‘g‘an Isroil va Hamasni tinchlikni qo‘llab – quvvatlashga chaqirmoqda”. – degan sarlavha bilan qayd etdi.



Aloqador xabarlar