Iroq shimolida terroristlar bilan otishmada turk askar halok bo'ldi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler shahid askar oilasiga hamdardlik maktubi yo'lladi.

2046994
Iroq shimolida terroristlar bilan otishmada turk askar halok bo'ldi

 

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolida olib borilgan "Panja qulf" operatsiyasi hududida terroristlar tomonidan o'q uzilishi oqibatida og'ir yaralangan piyoda askar, serjant Rejep Parlak vafot etdi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

"Qahramon quroldoshimiz, piyoda askar, katta serjant Rejep Parlak davolanayotgan kasalxonada mutaxassis shifokorlar tomonidan ko‘rilgan barcha zarur choralarga qaramay, 5 oktyabr kuni vafot etdi. Bizni chuqur dard va qayg‘uga cho'mgan ushbu voqeada halok bo'lgan qahramon shahidimizni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin! Uning motamsaro oilasiga, Turk Qurolli Kuchlari va aziz xalqimizga hamdardlik va sabr tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler ham shahid askar oilasiga hamdardlik maktubi yo'lladi.


Tanlangan kalimalar: #Panja Qulf , #Turkiya

Aloqador xabarlar