Anqarada hujum uyushtirgan terroristlarning kim ekani aniqlandi

Poytaxt Anqarada 1 - oktabr kuni terror hujumi qayd etildi.

2045963
Anqarada hujum uyushtirgan terroristlarning kim ekani aniqlandi

Poytaxt Anqarada Ichki Ishlar vazirligi binosi oldida bombali hujum uyushtirgan terroristlardan ikkinchisining PKK/KJK terror tashkilotiga a’zo Oʻzkan Shahin ekani aniqlandi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ichki ishlar vazirligiga qarshi 2 nafar terrorist tomonidan uyushtirilgan hujum tashabbusining, qahramon politsiya xodimlarining oʻz vaqtida aralashuvi natijasida oldi olingani va terroristlarning ta’sirsiz holga keltirilgani yodga solindi.

Bayonotda shuningdek, avvalgi tadqiqotlar va DNK tahlillari natijasida terroristlardan birining PKK/KJK terror tashkiloti aʼzosi Kanivar Erdal laqabli Hasan Oʻgʻuz, ikkinchisining esa ayni tashkilotga a’zo Oʻzkan Shahin ekani aniqlangani haqida aytildi.

Shuningdek bayonotda, “Xavfsizlik xodimlarimiz tomonidan boshlatilgan tergov hali hanuz tamomlanmadi. Terrorizmga qarshi kurashimiz oxirgi terrorist yoʻq qilingunga qadar qat’iy qaror bilan davom etadi”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar