Selchuk Bayraktar Ozarbayjonda medal bilan taqdirlandi

Ozarbayjon Prezidenti Ilham Aliyev tomonidan qabul qilingan qarorga binoan, Fuqarolarga xizmat va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi rahbari Ulvi Mehdiyev tomonidan Selchuk Bayraktarga "ASAN xizmati samarali hamkorlik medali" topshirildi.

2045402
Selchuk Bayraktar Ozarbayjonda medal bilan taqdirlandi

 

Turkiya Texnologiya jamoasi fondi vasiylik kengashi raisi Selchuk Bayraktar Ozarbayjon Prezidentining Fuqarolarga xizmat va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi (ASAN xizmati) medali bilan taqdirlandi.

Bu haqda Baykar kompaniyasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Prezidenti Ilham Aliyev tomonidan qabul qilingan qarorga binoan, Fuqarolarga xizmat va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi rahbari Ulvi Mehdiyev tomonidan Selchuk Bayraktarga "ASAN xizmati samarali hamkorlik medali" topshirildi.

Bakuda o'tkazilgan medallarni topshirish marosimida Ozarbayjonda tahsil olayotgan talabalardan tashqari Turkiyaning Bakudagi elchisi Jahit Bagji ham ishtirok etdi.

Selchuk Bayraktar 2021-yilda Prezident Ilhom Aliyev tomonidan Qorabogʻning Armaniston ishgʻolidan ozod qilinishiga Baykar tomonidan milliy va oʻziga xos tarzda ishlab chiqilgan "Bayraktar TB2" dronlarining  qoʻshgan hissasi uchun “Qorabogʻ” ordeni bilan taqdirlangandi.

Bundan avval, Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Hasanov tomonidan “Harbiy hamkorlik sohasida xizmat medali” bilan taqdirlangan Selchuk Bayraktar, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning buyrug‘i bilan 2022-yilda "Ukraina Davlat xizmatlari uchun ordeni" bilan taqdirlangan edi.



Aloqador xabarlar