TQK Iroq shimolida terror ob'yektlarini nishonga oldi

Milliy Mudofaa Vazirligi (MMV) Iroqning shimolidagi Metina, Hakurk, Qandil va Gara mintaqalarida terror nishonlariga qarshi havo amaliyoti o'tkazdi.

2044792
TQK Iroq shimolida terror ob'yektlarini nishonga oldi

 

Milliy Mudofaa Vazirligi (MMV) Iroqning shimolidagi Metina, Hakurk, Qandil va Gara mintaqalarida terror nishonlariga qarshi havo amaliyoti o'tkazdi.20 ta nishon yo'q qilindi, ular orasida terrorchilar ham bor.Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy media hisobidan qilingan bayonotda, terroristlarning o'zlarini kutayotgan oqibatdan qochib qutula olmasligi ta'kidlandi. "Biz ularni bir kechada to'satdan g’orlarida  urib yubordik va zarba berishda davom etamiz. Bitta terrorchi qolmaguncha bu kurash tugamaydi". Deya ifoda etdi.

Bayonotda Iroq haqida quyidagi ma'lumotlar berilgan:

“Iroq shimolidan xalqimiz va xavfsizlik kuchlariga qarshi terror hujumlarini bartaraf etish va PKK/KCK va boshqa terror unsurlarini zararsizlantirish orqali chegara xavfsizligini taʼminlash maqsadida,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasidan kelib chiqadigan o'zimizni himoya qilish huquqlarimizga muvofiq, 2023-yil 1-oktabr (Turkiya)  vaqti bilan  soat 21:00 da Iroqning shimolidagi Metina, Hakurk, Qandil va Gara hududlaridagi terror nishonlariga havodan operatsiya uyushtirildi.

bo'lginchi terror tashkiloti tomonidan havo amaliyotlari orqali foydalanilgan.  “Jami 20 ta nishon, jumladan, g’orlar, bunkerlar, boshpana va omborlar bo’lib, ularda mas’ul terrorchilar bor deb hisoblangan”.

Bayonotda, ushbu operatsiya davomida begunoh tinch aholiga, do'stona unsurlarga, tarixiy va madaniy boyliklar va atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olish uchun barcha choralar ko'rilgani ta'kidlandi. Kecha poytaxt Anqarada Xavfsizlik Bosh boshqarmasi oldida hujum uyushtirgan terroristlardan biri bo'lginchi terror tashkiloti PKK a'zosi ekanligi aniqlandi.

​Shu bilan birga, Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya, Istanbul va Qirklarelida bo'lginchi terror tashkilotiga qarshi 26 manzilda uyushtirilgan amaliyotda 20 kishining qo'lga olinganligini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Operatsiya , #PKK , #Iroq , #Turiya

Aloqador xabarlar