BAA prezidenti Erdo'g'an va turk xalqi bilan birdam ekanini aytdi

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayon Anqarada sodir bo'lgan teraktdan so'ng Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan telefon orqali muloqot qilgan.

2044808
BAA prezidenti Erdo'g'an va turk xalqi bilan birdam ekanini aytdi

 

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayon poytaxt Anqarada sodir bo'lgan teraktdan so'ng mamlakat Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anga qo'ng'iroq qilib, BAA Turkiya bilan birdam ekanligini ta'kidladi.

BAA rasmiy agentligi WAMda berilgan xabarga ko'ra, kecha Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayon Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Al Nahayon suhbat chog'ida BAA Turkiya va qardosh turk xalqi bilan birdam ekanligini ta’kidladi.

BAA prezidenti Al Nahayon terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi birgalikda xalqaro sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarurligini qo'shimcha qildi.

Ushbu terakt oqibatida jarohat olgan xavfsizlik kuchlariga shifo tilagan BAA Prezidenti, Turkiya va qardosh turk xalqining har qanday yomonlikdan omon qolishini tiladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Anqara , #Turkiya , #BAA

Aloqador xabarlar