Prezident Erdo‘g‘an TBMM ochilishida kun tartibini baholadi

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Buyuk Millat Majlisining (TBMM) 28 – davr ikkinchi faoliyat yili ochilishi munosabati bilan uyushtirilgn yig‘ilishda, Bosh Assambleyada xitob etdi.

2044658
Prezident Erdo‘g‘an TBMM ochilishida kun tartibini baholadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, jon chekishayotgan terror tashkilotlariga siyosiy hisoblar orqali ma’naviyat yuklash badali og‘ir bo‘lishini ta’kidladi.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Buyuk Millat Majlisining (TBMM) 28 – davr ikkinchi faoliyat yili ochilishi munosabati bilan uyushtirilgn yig‘ilishda, Bosh Assambleyada xitob etdi.

Prezident Erdo‘g‘an 2016 – yilning 15 - iyuli kuni Fetullahchi terror tashkiloti (FETO) a’zolari quroliga qarshi chiqqan xalqning, demokratiya uchun olib borgan kurashini fuqarolik konstitutsiya bilan bezash munosib ekanini ifoda etib, Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi siyosiy partiyalarga:

“Bu sog‘inchni kechiktirmaylik”, - dedi.

“Bugun ertalab (poytaxt Anqarada) politsiya xodimlarimizning o‘z vaqtida chora ko‘rishi natijasida, ikki nafar jinoyatchining yo‘q qilinishi, terrorning soʻnggi nafasidir”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Prezident Erdo‘g‘an:

“Fuqarolar tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan ahmoqlar, maqsadlariga erisha olmadi va hech qachon erisha olmaydi. Amaliyotlarimiz natijasida jon chekishayotgan terror tashkilotlariga siyosiy hisob - kitoblar orqali ma’naviyat yuklash badali juda og‘ir bo‘ladi”. -  dedi.

Erdo‘g‘an, xuddi FETO terror tashkilotidek shunga o‘xshash tashkilotlar ham yangi amallar yo‘lga qo‘ya olmasligini ifoda etdi.

Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarining Turkiyaga nisbatan noto‘g‘ri munosabatlari ham Erdo‘g‘an kun tartibida edi.

Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar, ayniqsa viza masalasidagi adolatsizliklaridan voz kechsa, xatolarini tuzatishi mumkinligini ta’kidlagan Prezident, aks holda bu davlatlar Turkiyadan nimadir kutish huquqidan mahrum bo‘lishlarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #TBMM , #Prezident Erdo‘g‘an , #FETO

Aloqador xabarlar