Erdo'g’an Preveza dengiz g’alabasining 485 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi

"Dengizdagi shonli g'alabalarimizdan biri bo'lgan Preveza dengiz g'alabasining 485 yilligi munosabati bilan Usmoniy Admirali Barbaros Hayrettin Pasha va dengizchilarni hurmat bilan yodga olaman!",-deydi Turkiya prezidenti.

2043332
Erdo'g’an Preveza dengiz g’alabasining 485 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Preveza dengiz g’alabasining 485 yilligi va dengiz floti kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Dengizdagi shonli g'alabalarimizdan biri bo'lgan Preveza dengiz g'alabasining 485 yilligida Admiral Barbaros Hayrettin Pasha va dengizchilarni hurmat bilan yodga olaman. Dengizlarimizda xizmat qilgan qahramon dengizchilarimizni Dengiz kuchlari kuni bilan tabriklayman!",-deydi Turkiya prezidenti.

Ma'lumot uchun, Usmoniy hukmronligi davrida O'rta yer dengizida yuz bergan Preveza dengiz jangi 1538 yil 27 sentyabrda Usmoniy Admirali Barbaros Hayreddin Pasha boshchiligidagi Usmoniy dengiz floti bilan Genuya admirali Andrea Doria qo'mondonligidagi ittifoqdosh salibchilar dengiz floti o'rtasida bo'lib o'tgan.

Preveza qal'asi oldida dengizda olib borilgan jang Usmoniy dengiz flotining g'alabasi bilan yakunlandi. Dengizlarni zabt etuvchi va “Dengizlarni nazorat qilgan dunyoni boshqaradi” degan naql sohibi Barbarosning g‘alabasi O‘rta yer dengizidagi turk hukmronligini butunlay mustahkamladi.

Ushbu g'alaba Usmoniylar imperiyasida katta tantana bilan nishonlandi.

G‘alaba kunimizda ham turk dengizchilariga buyuk sharaf va g‘urur yodgorligi sifatida jasorat berishda davom etmoqda.

G‘alaba qozonilgan 27 sentyabr har yili “Dengiz floti kuni” sifatida ko‘tarinkilik va hayajon bilan nishonlanadi.



Aloqador xabarlar