Fidan Turkiyaning mintaqa va dunyo tinchligidagi o‘rniga e’tibor qaratdi

Hakan Fidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasining 78 – sessiyasi ortidan Nyu - Yorkdagi Turk uyida matbuot vakillari savollarga javob berdi.

2041376
Fidan Turkiyaning mintaqa va dunyo tinchligidagi o‘rniga e’tibor qaratdi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, bugungi kunda mintaqaviy iqtisodiy va siyosiy hamkorlik modellarini ishlab chiqqan, global adolatsizlik va tengsizliklarni hal qilish uchun barcha imkonlarni safarbar qilgan Turkiya borligini qayd etdi.

Hakan Fidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasining 78 – sessiyasi ortidan Nyu - Yorkdagi Turk uyida matbuot vakillari savollarga javob berdi.

Bosh Assambleyaning bu yilgi “Hamma uchun tinchlik, farovonlik, taraqqiyot va barqarorlik” mavzusida Turkiyada yetakchi rol o‘ynaganini ta’kidlagan Fidan:

“Bugun Ukraina urushi bosh bo‘lish bilan birga tinchlik uchun vositachilik qilgan, oziq - ovqat inqirozining oldini olgan, Qora dengiz don tashabbusi uchun koʻp qirrali va koʻp manfaatli saʼy - harakatlarni amalga oshirgan, mintaqaviy iqtisodiy va siyosiy hamkorlik modellarini ishlab chiqqan hamda adolatsizlik bilan tengsizliklarni hal qilish uchun har qanday imkonni safarbar qilgan Turkiya bordir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan Nyu - Yorkda Ukraina, Qorabog‘, Suriya va iqlim o‘zgarishi kabi ko‘plab strategik ahamiyatga ega uchrashuvlar o‘tkazgani va yig‘ilishlarda ishtirok etganini,  muzokaralar diqqat markazida Rossiya va Ukrainadagi oxirgi vaziyatlar bosh bo‘lish bilan birga mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni yaqindan qiziqtirgan mavzular o‘rin olganini ta’kidladi.

Hakan Fidan Ozarbayjon tomonidan 19 - sentabr kuni boshlatilgan anti – terror amaliyotiga to‘xtalib:

“Boshqa chora yo‘qligini namoyon etgan amaliyot edi”. - dedi.

Muloqotlari chog‘ida Ozarbayjonning haqli da’vosi yonida ekanliklarini takrorlaganliklari, bu borada BMT Xavfsizlik kengashida uyushtirilgan yig‘ilishga ham qatnashganliklarini ifoda etgan Fidan, Qorabog‘ amaliyotining “Janubiy Kavkazda barqarorlik va normallashuv uchun yangi imkoniyatlar oynasi ochganini” ta’kidladi.

Fidan, “Bu imkon oynasini o‘z vaqtida Armaniston yaxshi foydalanishi kerak degan fikrdamiz”. – dedi.

Turkiya - Gretsiya munosabatlariga ham to‘xtalib o‘tgan Hakan Fidan, liderlar darajasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qabul qilingan qarorlar borligi, har ikki liderning ham mavzuga ijobiy tusda yondashganini bildirib, Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi muammolarni hurmat va yaxshi niyat asosida hal qilinishi uchun iroda borligini bildirdi.



Aloqador xabarlar