Ersin Tatar Turkiya prezidenti Erdo'g’anga minnatdorlik bildirdi

"Janob Prezidentga shaxsan va Kiprdagi turk xalqi nomidan minnatdorlik bildiraman”,- dedi Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar.

2040026
Ersin Tatar Turkiya prezidenti Erdo'g’anga minnatdorlik bildirdi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Unal Ustel va Shimoliy Kipr Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug’rulo’g’li Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so'zlagan nutqida “Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan oling” shaklidagi chaqirig’i uchun Erdo'g’anga minnatdorlik bildirdi.

"Janob Prezidentga shaxsan va Kiprdagi turk xalqi nomidan minnatdorlik bildiraman”, dedi u.

Bosh vazirlik tomonidan qilingan bayonotga ko'ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Unal Ustel BMT Bosh Assambleyasida Kipr turk xalqining kuchli ovozi bo'lgan, xalqning ovozi va haqqoniyligini yana bir bor butun dunyoga namoyon qilgan Erdo'g'anga minnatdorlik bildirdi.

“Turkiya Prezidenti janob Rajap Tayyip Erdo'g’anning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida “Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan oling” shaklidagi chaqirig’ini qadrlayman”,-deydi u.

U Kipr Turk xalqining 60-yilidan beri davom etayotgan Kipr muammosiga adolatli, doimiy va barqaror yechim topish yo'lida samimiy qadam tashlaganiga e'tibor qaratdi.

Uning qayd etishicha, so‘nggi yillarda yuzaga kelgan faktlar Kiprda federal yechimga erishib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda.

"Dunyo endi oroldagi haqiqatlarni ko’rishi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini ushbu faktlarga muvofiq tan olishi kerak”,-dedi u.

Erdo'g'an bu yil ham BMT Bosh Assambleyasida o'tgan yili qilgan chaqirig'ini takrorlaganligini eslatgan Shimoliy Kipr Tashqi ishlar vaziri Ertug'ruog'lu  Erdo'g'anning xalqaro hamjamiyat oldida Kiprga nisbatan ikki suveren va teng huquq tamoyiliga asoslangan yangi qarashni yana bir bor taklif qilganini aytdi.

 

“Prezident Erdo'g’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so’zlagan nutqida xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Kipr Turk Respublikasining mustaqilligini tan olishga, diplomatik, siyosiy va iqtisodiy aloqalar o'rnatish va BMTning Oroldagi Tinchlik Kuchlarini xolis harakat qilishga taklif qilishi Kipr turk xalqini juda xursand qildi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olish maqsadi "Turkiya asri"ga qarab o'sishiga to'liq ishonaman. Kuchli Turkiya Respublikasi, kuchli Shimoliy Kipr Turk Respublikasi nuqtai nazari va missiyamiz kelajakni to'g'ri va sog'lom shakllantiradi",-deydi u.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ersin Tatar

Aloqador xabarlar