Turk qutqaruvchilar ikkita harbiy kemada Liviyaga jo’nab ketmoqda

Kemada 550 nafar xodim va taxminan 4 ming tonna gumanitar yordam ashyolari o’rin olgan. Bu haqda Turkiya Tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi AFAD rahbari Okay Memish ma’lum qildi.

2037773
Turk qutqaruvchilar ikkita harbiy kemada Liviyaga jo’nab ketmoqda

 

Turkiya dengiz kuchlari qo'mondonligiga oid ikkita harbiy kema seldan jabrlangan Liviyaga jo’nab ketmoqda.

Kemada 550 nafar xodim va taxminan 4 ming tonna gumanitar yordam ashyolari o’rin olgan.

Bu haqda Turkiya Tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi AFAD rahbari Okay Memish ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu shu kungacha Liviyaga yuborilgan uchinchi kema bo’lib hisoblanadi.

Sog'liqni saqlash vazirligiga qarashli Milliy tibbiy qutqaruv guruhi (UMKE) Derne shahridagi yarador davolashda davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ofat hududiga UMKE va UMKE ATAK xodimlari, dala kasalxonasi, tibbiy buyumlar, asboblar va dori-darmonlar yubordi.

Eslatma: 10-sentyabr kuni Markaziy O‘rta yer dengizida ro’y bergan “Daniel” to‘foni Liviya sharqida dahshatli sel falokatiga sabab bo’ldi. Mamlakatning Bing’ozi, Beyda, Marj, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlari yuz berdi. Liviya hukumati sharqdagi Kirenaika provinsiyasidagi uchta tumanni falokat zonasi deb e’lon qildi.

Dovul natijasida Dernani o‘rab turgan ikkita to‘g‘on yorilib, toshib ketdi. Suv Liviya sharqida turar-joy mahallalarini yuvib, qirg‘oq bo‘ylab uylarni vayron qilgan. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi. Maktablar va do‘konlar yopildi, komendantlik soati joriy etildi.

Liviya Milliy Birlik Hukumati sel falokatida 6 ming kishi halok bo'lganini, minglab odam bedarak yo'qolganini e'lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar