Erdo'g'an Liviya Prezidentlik kengashi raisi bilan muloqot qildi

Erdo'g'an suhbat chog'ida Liviyada sodir bo’lgan sel falokati tufayli chuqur qayg'uda ekanini tilga olib, ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

2036606
Erdo'g'an Liviya Prezidentlik kengashi raisi bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Liviya Prezidentlik kengashi raisi Muhammad al-Manfi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Erdo'g'an suhbat chog'ida Liviyada sodir bo’lgan sel falokati tufayli chuqur qayg'uda ekanini tilga olib, ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Yaradorlarga esa shifo tilaklarini yetkazdi.

Erdo'g'an shuningdek, Turkiya falokatga qarshi kurashda do'st va qardosh Liviya xalqining yonida ekanligini va har qanday yordamni yetkazishga tayyor ekanini bildirdi.

Eslatma: Liviyaning O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan sel va suv toshqinlari oqibatida minglab odamlar bedarak yo‘qoldi. Rasmiylar qurbonlar soni 2 mingdan oshganini aytmoqda.

Tabiiy ofatga 10 sentyabr kuni mamlakat shimoli-sharqida yuz bergan "Daniel" sikloni sabab bo‘lgan. Eng jiddiy zararni Derna shahri ko‘rdi, unda ikkita to‘g‘on vayron bo'ldi. 

Liviya hukumati mamlakatning sharqiy hududlarida ikki kunlik komendantlik soati e’lon qildi, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududda favqulodda holat e’lon qilindi.

Shuningdek, mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qilindi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar