Turkiya Ekvadorga 20ta Kobra zirhli transport vositasi sotdi

20 ta Cobra II taktik g'ildirakli zirhli transport vositalari, Ekvador prezidenti Gilermo Lasso ishtirokidagi tantanali marosimda ushbu mamlakat harbiy idoralariga topshirildi.

2036118
Turkiya Ekvadorga 20ta Kobra zirhli transport vositasi sotdi
Guillermo Lasso ekvador turk cobra.jpg
ekvador Guillermo Lasso cobra.jpg

Turkiyaning mudofaa sanoati kompaniyasi Otokar tomonidan ishlab chiqarilgan 20 ta Cobra II taktik g'ildirakli zirhli transport vositalari, Ekvador prezidenti Gilermo Lasso ishtirokidagi tantanali marosimda ushbu mamlakat harbiy idoralariga topshirildi.

Poytaxt Kitodagi harbiy havo bazasida uyushtirilgan marosimga Prezident Lassodan tashqari Turkiyaning Kitodagi elchisi Makbule Bashak Yalchin ham qatnashdi. Vitse-prezident Alfredo Borrero, Tashqi ishlar vaziri Gustavo Manrike, Mudofaa vaziri Luis LaraTashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Karlos Larrea, Bosh shtab boshlig‘i Nelson Proano va yuqori martabali harbiylar ishtirok etdi.

Lasso o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida Cobra II vositaning marosim suratlari bilan bo'lishdi va shunday dedi: Turkiyada ishlab chiqarilgan 20 ta Cobra II zirhli  vosita qurolli kuchlarga yetkazib berishdan xursandman. Oktyabr oyi oxirida yana 15 ta Ural tipidagi taktik vasita  yetib keladi” deya qayd etdi.

Lasso va uning hamrohlari harbiy vositalarni  diqqat bilan ko'zdan kechirdi va ularga kirib, matbuotga suratga tushdi.

Elchi Yalchin, Turk mudofaa sanoati Ekvadorga birinchi yirik savdoni amalga oshirganini bildirdi.

Turk mudofaa sanoati bu xarid bilan Ekvador bozoriga ilk bor kirganligini va bu rivojlanishdan faxrlanganliklarini bildirdi.

Bosh shtab boshlig'i Nelson Proano, sotib olingan yuqori darajadagi Cobra II vositalar  ko'p maqsadli, taktik zirhli mashinalar ekanligini qayd etdi. Bular mamlakat xavfsizligiga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ekvator , #20 ta Cobra II taktik , #Turkiya

Aloqador xabarlar