Erdo‘g‘an Mahatma Gandi maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Erdo‘g‘an Hindistonda, Mahatma Gandi maqbarasini ziyorat qildi.

2035240
Erdo‘g‘an Mahatma Gandi maqbarasini ziyorat qildi
erdogan selman.jpg
erdogan sisi.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 2023 - yilgi G - 20 Liderlar sammiti doirasida Hindiston mustaqillik harakatining yetakchi lideri Mahatma Gandi maqbarasini ziyorat qildi.

Hindiston poytaxti Yangi Dehlida uyushtirilgan sammitning ikkinchi kunida Erdo‘g‘an, G-20 tarkibidagi davlatlarning liderlari bilan Rajghat maqbarasida bo‘ldi.

Maqbara eshigida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tomonidan kutib olingan Erdo‘g‘an, maqbaraga gulchambar qo‘ydi.

Gandi sevgan ilohiylar yangragan ziyorat ortidan Erdo‘g‘an va boshqa liderlar, sammit bo‘lib o‘tgan Bharat Mandapam xalqaro ko‘rgazma va kongress markaziga bordi.

Prezident Erdo‘g‘an keyinroq poytaxt Dehlida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad Bin Salmon va Misr Prezidenti Abdel Fattoh as-Sisi bilan uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar