Fidan: Jazoirda turk sarmoyasini oshirish uchun buyuk gʻayrat sarf etmoqdamiz

Fidan, poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida Jazoir Tashqi Ishlar vaziri Ahmed Attaf bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq soʻzladi.

2034503
Fidan: Jazoirda turk sarmoyasini oshirish uchun buyuk gʻayrat sarf etmoqdamiz

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Jazoirda turk sarmoyasini oshirish uchun buyuk gʻayrat sarf etayotganliklarini qayd etdi.

Fidan, poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida Jazoir Tashqi Ishlar vaziri Ahmed Attaf bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq soʻzladi.

Fidan unda, jazoirlik hamkasbi bilan samarali uchrashuv o‘tkazganliklari va davlat, biznes hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilgan ishlarni birgalikda ko‘zdan kechirganliklarini bildirdi.

Fidan, Jazoirda koʻplab turk ishbilarmoni borligini ta’kidlab:

“Turk sarmoyasini oshirish uchun buyuk gʻayrat va irodamiz bor. Jazoir rasmiylari ham bu borada har tomonlama hamkorlikni koʻrsatmoqda”. - dedi.

Hamkasbi bilan ikki tomonlama hamkorlikdan tashqari mintaqaviy masalalarini ham qoʻlga olganliklarini ifoda etgan Fidan, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning kelasi oylarda Jazoirga tashrif uyushtirishini ma’lum qildi.

Turkiya, oxirgi 20 yildan beri Afrika loyihasini koʻp jihatdan davom ettirganini ta’kidlagan Fidan, oʻsha paytda 12 ta boʻlgan Turkiyaning Afrikadagi elchixonasi soni bugungi kunga kelib 46 taga yetganiga e’tibor qaratdi.

Turkiyaning Afrika oʻlkalarida ham madaniy, ham iqtisodiy hayot va jamoat salohiyatini oshirish boʻyicha koʻp qirrali faoliyatlar olib borganini bildirgan Hakan Fidan:

“Albatta, bunday siyosat va amaliyot davlatlar koʻz oʻngida ham qadrlidir. Turkiyaning mustamlaka qilish yoki hukmronlik kabi niyati yoʻqligini koʻrdilar. Ixtiyoriy hamkorlikka asoslangan qoʻlimizdagi imkonlarni ular bilan boʻlishib, ayni vaqtda butun tomonlar uchun imkon yaratgan hamkorlik modeliniAfrikada  barcha institutlarimiz bilan muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishni davom etamiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Jazoir Tashqi Ishlar vaziri Attaf ham Turkiya bilan oʻlkasi oʻrtasidagi aloqalarning siyosiy va iqtisodiy jihatdan katta taraqqiyot va rivoj ichida ekanini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan , #Afrika , #Jazoir , #Ahmed Attaf

Aloqador xabarlar