Erdo'g’an 30-avgust G'alaba bayramiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etdi

“Biz xalqimiz bilan birgalikda oʻz maqsadimizga qadamma-qadam olgʻa boramiz",-deydi Erdo'g'an tadbirda so'zlagan nutqida.

2031089
Erdo'g’an 30-avgust G'alaba bayramiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etdi
30 Ağustos Zafer Bayramı Külliye.jpg

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an,

“Biz xalqimiz bilan birgalikda oʻz maqsadimizga qadamma-qadam olgʻa boramiz.

Erdo'g'an, Prezidentlik majmuasida "30 avgust G'alaba bayrami maxsus konserti va 100 yilligi madhiyasi taqdimoti"ga qatnashdi.

Prezident Erdo’g'an,

O’z xavfsizligi va farovonligiga tahdidlarni bartaraf etgan, kuchini do’stlari bilan baham ko’rgan Turkiyaning yuksalishi davom etadi” deya ifoda etdi.

Bugun Turkiya Respublikasi o’zining siyosiy, iqtisodiy va harbiy vositalari bilan chorak asr, yarim asr yoki bir asr oldingisidan ham kuchliroq va rivojlangan” degan Erdo‘g‘on :

Dunyoni o’qigan, Turkiyaning haqiqiy salohiyatini bilgan, ega bo’lgan narsaning ahamiyatini anglagan millatimiz bilan maqsadlarimiz sari qadam-baqadam olg’a boramiz” dedi.

Boshqa tomondan, Prezident Erdo'g'an dasturda, Aloqa rahbariyati tomonidan uyushtirilgan 100-yillik madhiyasi tanlovida g'olib bo'lganlarga va hakamlar hay'atining maxsus mukofotiga loyiq ko'rilgan asar egalariga mukofotlarni topshirdi.

Birinchi o'ringa loyiq ko'rilgan asar, so'zlari İlker Ko’murjuga tegishli va Prezidentlik simfonik orkestri kompozitsiyasi katta olqishlarga sazovor bo'ldi.

Tadbir doirasida 1200 ta dronlar bilan “30 Avgust G‘alaba kuni” va “Turkiya asri” matnlari, “Turkiya xaritasi”, “Turkiya bayrog‘i”, “Respublikaning 100 yilligi logotipi” osmonga proyeksiya qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar