Bugun Turkiya tantanali ravishda G‘alaba bayramining 101 – yilligini nishonlanmoqda

Turkiya 30 - avgust G‘alaba bayramini, mamlakatda va xorijiy vakolatxonalarda tantanali ravishda nishonlanmoqda.

2030956
Bugun Turkiya tantanali ravishda G‘alaba bayramining 101 – yilligini nishonlanmoqda
erdogan anitkabir1.jpg
erdogan anitkabir.jpg

Turkiya 30 - avgust G‘alaba bayramining 101 – yilligini, mamlakatda va xorijiy vakolatxonalarda tantanali ravishda nishonlanmoqda.

Bayram tadbirlari doirasida poytaxt Anqaradagi ilk marosim, Buyuk yetakchi Mustafa Kemal Ataturkning qabri o‘rin olgan Anitqabrda uyushtirildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligidagi davlat arboblari, 30 - avgust G‘alaba bayrami munosabati bilan Anitqabrga tashrif buyurdilar.

Erdo‘g‘an Ataturk maqbarasiga yarim oy yulduz shaklida gulchambar qo‘yib, bir daqiqalik sukut saqladi va ortidan davlat madhiyasi yangradi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan davlat arboblari so‘ng Milliy misoq qal’asiga o‘tdi.

Bu yerda Anitqabr maxsus daftarini imzolagan Erdo‘g‘an unda, quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Aziz Ataturk, turk xalqining ozodlik va mustaqillik g‘oyasining o‘lmas yodgorligi sifatida qayd etilgan Buyuk G‘alabaning 101-yilligini nishonlashdan faxrlanyapmiz. Shonli tariximizning burilish nuqtalaridan biri bo‘lgan bugun ham, siz va quroldoshlaringizni, Buyuk Millat Majlisining hurmatli aʼzolari va aziz shahidlarimizni rahmat bilan yodga olamiz. Zamonaviy sivilizatsiyalar darajasining cho‘qqisiga chiqish maqsadimiz ramziga aylangan Turkiya asriga oid tasavvurimizni davlat bilan xalq birgalashib, qarorlilik bilan amalga oshirmoqdamiz. Yurtimizni maqsadlari, xalqimizni orzulari bilan birlashtirmagunga qadar kechayu – kunduz mehnat qilishni davom etamiz. Ruhing shod bo‘lsin!”

Anitqabr, tantanali davlat marosimi ortidan ommaga ochildi.

30 - avgust G‘alaba bayrami, mamlakatda va xorijda turli marosimlar bilan nishonlanmoqda.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an esa Prezidentlik kulliyasida, 30 - avgust G‘alaba bayrami munosabati bilan tabriklarni qabul qildi.

 

 



Aloqador xabarlar