Ersin Tatar Turkiya harbiy bosh shtab rahbari Metin Gurakni qabul qildi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar Bosh shtab rahbari general Metin Gurakni qabul qildi.

2029759
Ersin Tatar Turkiya harbiy bosh shtab rahbari Metin Gurakni qabul qildi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar Bosh shtab rahbari general Metin Gurakni qabul qildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidentligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Lefko’shada bo'lib o'tgan yig'ilishda Tatar,   Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Shimoliy Kipr Turk Respublikasi qurmoqchi bo'lgan Pile-Yigitler yo'li bilan bog'liq munosabatiga ishora qilib, “Birlashgan Millatlar Tashkiloti uchuvchi Chingiz To’pel oʻldirilganda, turklarni oʻldirgan qishloqlarda qirgʻinlar sodir etilganda qayerda edi? so'radi.

Tatar, Piledagi fuqarolarning shikoyatlarini bartaraf etish va insonparvarlik maqsadlarida yo'l qurishni xohlayotganliklarini bildirdi. U  Rumlar  Pileda yo‘llar, binolar va universitetlar qurganliklarini, ammo turklar yo‘l qurmoqchi bo‘lganlarida, ular reaksiyaga kirishganini va ikki tomonlama standart mavjudligini qayd etdi.

Prezident Tatar, qarshi tomonning maqsadi Pyladagi turk aholisini kamaytirish va aralash qishloqni butunlay Rum qishlog'iga aylantirish ekanligini aytdi.

Tatar, Sharqiy O'rtayer dengizidagi Turk davlati bo'lgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasining neft, tabiiy gaz va boshqa xavfsizlik masalalari bilan ko'k vatandagi mavqeini oshirganini bildirdi.  U Kiprda kelishuv bo'lsa, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ham kelishuvning bir qismi bo'lishini ta'kidladi.

Tatar, Kipr Turklarining ortida Turkiya va Turk dunyosi turganini, Turk Davlatlar Tashkilotiga kuzatuvchi a'zo bo'lgandan keyin Shimoliy Kipr Turk Respublikasining maqomi ortganiga ham diqqat qaratdi.

Bosh shtab rahbari Gurak  qabulda so'zlagan nutqida, "Turkiya uchun Kipr milliy da'vo", deb ta'kidladi.

  Har doim Kipr Turklari bilan birga bo'lganliklarini, bundan keyin ham Kipr Turk xalqi bilan birga bo'lishlarini va adolatli da'voni qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

Gurak, BMT tinchlikparvar kuchlarining Pileda faqat insonparvarlik ehtiyojlari uchun boshlangan yo'l qurilish ishlariga nisbatan xolislik tamoyiliga qarshi tutgan pozitsiyasini qabul qilib bo'lmas ekanligini qayd etdi.

Bundan tashqari, Gurak, Limassoldagi Ko’prulu Hoji İbrahim og'a masjidiga uyushtirilgan dahshatli hujumni keskin qoralaganini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar