Prezident Erdo‘g‘an: Malazgirt, oddiy g‘alaba emasdir

Erdo‘g‘an, Mushda uyushtirilgan Malazgirt g‘alabasining 952 - yilligini nishonlash dasturida nutq so‘zladi.

2029483
Prezident Erdo‘g‘an: Malazgirt, oddiy g‘alaba emasdir

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Biz Anado‘luga Malazgirt (G‘alabasi) bilan qadam qo‘yganimiz yo‘q. Bu yerda undan oldin ham bor edik”.

Erdo‘g‘an, Mushda uyushtirilgan Malazgirt g‘alabasining 952 - yilligini nishonlash dasturida nutq so‘zladi.

“Anado‘luni bizga vatan qilgan barcha qahramonlarimizni, shahidlarimizni, faxriylarimizni, qalb sultonlarimizni rahm - shafqat va minnatdorchilik bilan yodga olaman”. – degan prezident:

“Sulton Alparslon va uning armiyasi tarkibida o‘rin olgan har bir askar bizga ishonib topshirgan bu zaminlarni, so‘nggi tomchi qonimizgacha himoya qilishda qanchalik qarorli ekanimizni yana bir bor e’lon qilamiz. Bu haqiqatni hech qachon unutmaslik kerak: Malazgirt oddiy urush, oddiy g‘alaba emasdir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida shunday dedi:

“Biz Anado‘luga Malazgirt (G‘alabasi) bilan qadam qo‘yganimiz yo‘q. Bu yerda undan oldin ham bor edik. Malazgirt Anado‘ludagi siyosiy hukmronligimizning darvozalarini ochdi. Bu yerda qo‘lga kiritilgan g‘alaba, avvalom bor Anado‘lu Saljuqiy davlatining tashkil etilishini ta’minlab, salib yurishlariga eng buyuk zarbani berdi.

Ortidan xuddi shu e’tiqod bilan bayrog‘ini baland ko‘targan O‘smon imperiyasining muvaffaqiyatli kurashlari ila Bolqon va Istanbulning fath etilishida muhim rol o‘ynadi. Boshqacha qilib aytganda Malazgirt Iznik, Qoniya, Bursa, Edirne va Istanbulning katta ukasidir. Bu bizni, Venaga olib borgan g‘alabalar zanjirining boshlang‘ich nuqtasi”.

 


Tanlangan kalimalar: #Malazgirt , #Mush , #Prezident Erdo‘g‘an

Aloqador xabarlar