Erkan Selchuk Iroq shimolida shahid bo‘ldi

Turk Qurolli kuchlari terrorga qarshi kurashni mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham qarorlilik bilan davom ettirmoqda.

2029385
Erkan Selchuk Iroq shimolida shahid bo‘ldi

Iroq shimolida “Panja-kalit” amaliyoti olib borilgan mintaqada terror tashkiloti tomonidan joylashtirilgan va qo‘lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlashi oqibatida, og‘ir tan jarohati olgan turk askarlaridan Erkan Selchuk shahid bo‘ldi.

Mavzu haqida Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan bayonot berildi.

Ushbu bayonotga ko‘ra, terror tashkiloti a’zolari tomonidan “Panja-kalit” amaliyoti olib borilgan mintaqada, 25-avgust kuni joylashtirilgan portlaguvchi moddaning portlashi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan Erkan Selchuk kasalxonaga yotqizilgan. Biroq, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay qutqarish imkoni bo‘lmagan.



Aloqador xabarlar