PKKga qarshi uyushtirilgan amaliyotda bir askar shahid boʻldi

Turk Qurolli kuchlari terrorga qarshi kurashni mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham qarorlilik bilan davom ettirmoqda.

2028793
PKKga qarshi uyushtirilgan amaliyotda bir askar shahid boʻldi

Iroq shimolida, PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotda bir askar shahid boʻldi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, “Panja – kalit” amaliyoti olib borilgan hududda, harbiy baza hududidan yoʻl xavfsizligiga chiqqan unsurlarga qarshi PKK terroristlari tomonidan igʻvogar tusda oʻq uzilgan. Oqibatida, askarlardan biri tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Bayonotda qayd etilishicha, tan jarohati olgan askar shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid boʻlgan.



Aloqador xabarlar