Erdo‘g‘an: Xalq farovonligini oshirish uchun faoliyatimizni davom ettiramiz

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada, o‘zi yetakchilik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) qarorgohida uyushtirilgan Viloyat rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zladi.

2028813
Erdo‘g‘an: Xalq farovonligini oshirish uchun faoliyatimizni davom ettiramiz

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, “Xalq farovonligini oshirish uchun faoliyatimizni davom ettiramiz”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada, o‘zi yetakchilik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) qarorgohida uyushtirilgan Viloyat rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zladi. 

Erdo‘g‘an unda, kun tartibidagi eng asosiy masala, 6 - fevral kuni o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan va mamlakatning 11 viloyatida chuqur his qilingan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi yetkazgan ziyonni tez kunda qoplash ekanini qayd etdi.  

Voqeadan ziyon ko‘rgan har bir fuqaro talabiga javob bergunga qadar, hormay – tolmay mehnat qilishlarini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an:

“Ilk 1 yil ichida 319 mingta uyni o‘z egalariga topshiramiz”. - dedi.

Erdo‘g‘an, xalq farovonligini oshirish uchun faoliyatlarni davom ettirishlarini bildirdi.

Ko‘rilgan chora - tadbirlar bilan avtomobil bozorida yaxshilanishlar kuzatilayotgani, ko‘chmas mulk va ijara bozorlari tez orada muvozanatga kelishini bildirgan Prezident:

“Qayerda kamchiligimiz bolsa, o‘rnini to‘ldiramiz. Kuchli bo‘lgan tomonlarimizni mustahkamlaymiz. So‘nggi 22 yil davomida bo‘lganidek yoshlarimiz dinamizmini faxriylarimizning katta tajribasi bilan uyg‘unlashtirib, yo‘limizni davom ettiramiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar