Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti tarafdori

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Kiyevda bo‘lib o‘tgan “Qrim platformasi” uchinchi sammiti munosabati bilan o‘z videomurojaatida aytib o‘tdi.

2028778
Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti tarafdori

 

Turkiya birinchi kundanoq Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmadi va Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Kiyevda bo‘lib o‘tgan “Qrim platformasi” uchinchi sammiti munosabati bilan o‘z videomurojaatida aytib o‘tdi.

“Turkiya Qrimning anneksiya qilinishini tan olmaydi va birinchi kundanoq bu qadamning noqonuniyligini bildirdi. Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash borasida ham o‘z pozitsiyamizni saqlab qolamiz. Biz barcha platformalarda va asosan Birlashgan Millatlar Tashkilotida Qrim Ukrainaning bir qismi ekanini e’lon qilamiz”, deydi Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning ustuvor yo‘nalishi Qrimning tub aholisi – Qrim tatarlarining xavfsizligi va farovonligini ham ta’minlashdan iborat.

Qora dengiz tashabbusi mavzusiga to‘xtalgan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning bu kelishuvni qayta tiklash ustida ish olib borishini aytgan.

“Bu jarayonda taranglikni kuchaytiradigan va Qora dengiz mintaqasida tinchlikka putur yetkazadigan har qanday qadamdan qochish kerakligiga ishonaman. Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaroning to‘xtatilishi, Qora dengiz havzasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun foydalidir”, degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Turkiya rahbari Anqara Ukraina inqirozini hal qilishda vositachilik rolini olishga tayyorligini aytgan.

Turkiya Prezidenti o‘z videomurojaatida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni, davlat va hukumat rahbarlarini, Qrim-tatarlari milliy yetakchisi, Ukraina xalq deputati Mustafo Qrimo‘g‘lini, sammit ishtirokchilarini va qrim tatarlari vakillarini qutlagan. Bundan tashqari, Turkiya rahbari sammit ishtirokchilarini Ukraina Bayroq kuni va Mustaqillik kuni bilan tabriklagan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasini tinch yo‘l bilan ijobiy hal qilish uchun yaratilgan platforma bu boradagi boshqa harakatlarga kuch beradi.

Ma’lumot uchun, kecha, 23 avgust kuni Kiyevda “Qrim platformasi”ning xalqaro sammiti o‘z ishini boshlagan. Bu sammit ishtirokchilar sonini ko‘paytirish maqsadida gibrid formatda o‘tkazilayotgan uchinchi uchrashuvdir.

Ukraina Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emine Japarovaning so‘zlariga ko‘ra, bu yil forumda 64 davlat ishtirok etmoqda.

Bugun, 24 avgust kuni sammit ishtirokchilari Qrim yarim orolining kelajagi va Qora dengizdagi xavfsizlik muammosini muhokama qiladi. Bu yil forumda Qrimning urushdan keyingi Ukrainaga reintegratsiyasi masalasi birinchi marta ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur sammitga videomurojaat yuborgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham Vashington Rossiya tomonidan Qrimning noqonuniy anneksiya qilinganini hech qachon tan olmasligi hamda “Qrim platformasi” kabi vositalar orqali Ukrainaning bosib olingan hududlar ustidan nazoratni qaytarib olishini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qrim platformasi , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar