Fidan: Iroqdan PKKni terror tashkiloti sifatida tan olishini kutamiz

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, amaliy tashrif bilan Iroqda.

2028242
Fidan: Iroqdan PKKni terror tashkiloti sifatida tan olishini kutamiz

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Iroqdan do‘stlik va qardoshlik asosida PKKni terror tashkiloti sifatida rasman tan olishini kutganliklarini bildirdi.

Hakan Fidan bu haqida Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Huseyin bilan poytaxt Bog‘dodda bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirdi.

Iroqlik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda keng qamrovli mavzularni muhokama qilganliklarini ifoda etgan Fidan, bularning birinchisi, terrorga qarshi kurash ekanini ta’kidladi.

PKKning Sinjar, Mahmur, Qandil va Sulaymoniya bilan bir qatorda Iroqning ko‘plab qishlog‘ini bosib olganiga e’tibor qaratgan Fidan, terror tashkilotining Suriya va Iroq o‘rtasidagi chegaralarni hisobga olmay, o‘zi barpo etgan terror yo‘lagi bilan bu ikki hududni birlashtirish payida ekaniga e’tibor qaratdi.

Hakan Fidan, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda Iroq bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidlab,

“Imperial kuchlarning quroliga aylangan PKKga qarshi iroqlik birodarlarimizning kurashini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek ulardan (Iroqdan), do‘stlik va birodarlik asosida PKKni rasman terror tashkiloti sifatida tan olishlarini kutamiz. Hoh PKK hoh DEASh, nomi qanday boʻlishidan qatʼi nazar Iroqning hududiy yaxlitligi va siyosiy birligini ko‘zlagan, iroqlik birodarlarimizning barqarorligi va farovonligiga ko‘z tikkan, insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan har qanday terror tashkilotiga qarshi kurashda Iroq bilan birga ishlashga tayyormiz”. - dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan , #Iroq , #terror tashkiloti , #DEASh , #PKK

Aloqador xabarlar