Prezident Erdoʻgʻan bugun Vengriyaga tashrif uyushtiradi

Prezident Erdoʻgʻan bugun Viktor Orbanning taklifiga binoan Vengriyaga tashrif uyushtiradi.

2026778
Prezident Erdoʻgʻan bugun Vengriyaga tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan Vengriya Davlati tashkil topgan kun munosabati bilan uyushtirilgan bayram dasturi va Vengriyada oʻtkaziluvchi yengil atletika boʻyicha jahon chempionati tadbirlarida ishtirok etish uchun bugun Budapeshtga boradi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga koʻra, ushbu tashrif chogʻida Vengriya tomoni bilan oʻtkaziladigan uchrashuvlarda oʻzaro munosabatlar har tomonlama muhokama qilinib, mintaqagi va dunyodagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Prezident Erdoʻgʻanning bayram dasturi va sport tadbirida ishtirok etuvchi boshqa hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar