Hakan Fidan Tolibon hukumati bosh vazir o’rinbosari bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar Vazirligining ijtimoiy tarmoq orqali bergan ma’lumotiga ko’ra, Hakan Fidan Afg’onistondagi Tolibon muvaqqat hukumati Bosh vazir o’rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdulganiy Birodar bilan poytaxt Anqarada uchrashgan.

2023217
Hakan Fidan Tolibon hukumati bosh vazir o’rinbosari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Kosovo tashqi ishlar vaziri Donika Gervalla-Schvarts bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Hakan Fidan Afg’onistondagi Tolibon muvaqqat hukumati Bosh vazir o’rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdulganiy Birodar bilan uchrashdi.

Tashqi Ishlar Vazirligining ijtimoiy tarmoq orqali bergan ma’lumotiga ko’ra, Hakan Fidan Mulla Abdulganiy Birodar bilan poytaxt Anqarada uchrashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda delegatsiyalar o‘rtasidagi tor doiradagi uchrashuv va muzokaralarning foto tasvirlari ham o’rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Hakan Fidan , #Turkiya

Aloqador xabarlar